11:29 / 19.11.2015
4316

Facebook ismi IShIDga hamohang bo‘lgan qizning akkauntini yopib qo‘ydi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i moderatorlari anglashilmovchilik tufayli ismi IShIDning inglizcha qisqartmasi – ISIS’ga hamohang bo‘lgan foydalanuvchining sahifasini bir sutkaga bloklab qo‘ydi.

Aysis Anchali ismli qizni kompaniyaga o‘z shaxsiy ma'lumotlarini uch bora yo‘llaganidan keyingina muammo hal qilindi. “Facebook meni terrorchi hisoblamoqda. Pasportimning nusxasi akkauntimni ochish uchun yetarli emasga o‘xshaydi”, - dedi u.

Aysis AQShning Kaliforniya shtatida, San-Frantsisko shahrida turadi. U dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
O‘z pozitsiyasini tushuntirish uchun qiz Twitter xizmatlariga murojaat qildi.
Ijtimoiy tarmoq xodimlari unga o‘z uzrlarini yetkazib, akkauntni ochishdi.

Top