Germaniyaning Magna Mana Productions kinokompaniyasi O‘zbekiston haqida hujjatli filmni tasvirga olmoqda. Bu haqda O‘zEOAVMA Xalqaro bo‘limi mutaxassisi Nargiza Bobomurodova ma'lumot berdi.
“O‘zbekiston – afsonaviy o‘lka” nomli hujjatli filmni “Mega-info-tur” dasturi doirasida Magna Mana Productions/Minework Films kinokompaniyasi O‘zEOAVMA bilan hamkorlikda suratga olmoqda, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” nashri. – Mazkur hujjatli filmni olishdan maqsad – O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini Germaniya, umuman, Yevropa mamlakatlariga yanada yaqqolroq ko‘rsatish, tanishtirishdir. Qolaversa, yurtimizning moddiy-ma'naviy merosi, madaniyati aniq faktlar bilan ochib beriladi”.
Mazkur hujjatli filmning ma'lum bir qismi Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida tasvirga olindi. Ammo suratga olish jarayoni tugagani yo‘q.