13:35 / 19.11.2015
2495

Nyu-York rahbariyati IShIDning shaharga tahdid solmasligiga ishonmoqda

Nyu-York hokimi Bill de Blazioning ta'kidlashicha, shahar aholisi IShIDning hujumlaridan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Reuters agentligining eslatib o‘tishicha, terrorchilar yaqinda e'lon qilgan videorolikda Nyu-York navbatdagi hujumlar uyushtiriladigan shaharlar qatorida tilga olib o‘tilgan.

Shahar boshlig‘i Twitter’dagi xabarida qo‘rqitish terrorning muhim vositasi ekanligini, ammo Nyu-York politsiyasining ulkan kuchlari aholining totuvligini ta'minlash uchun yetarli ekanligini ishontirib aytgan.
De Blazio shaharga hech qanday konkret tahdid yo‘qligini ta'kidlagan. Uning fikrlarini politsiya komissari Uilyam Bretton ham tasdiqladi.

Top