19:16 / 19.11.2015
6034

OAV: tantiq farzandlar qayerdan paydo bo‘lyapti?

Bugungi yoshlar orasida ayrim hollarda ortiq darajada arzanda va tantiq farzandlar uchrayotgani, ular nafaqat ota-onalariga, balki atrofdagi boshqa odamlarga ham muammo keltirib chiqarayotgani “Oila davrasida” gazetasining navbatdagi sonida chop etilgan maqolada ta'kidlab o‘tildi.

“Mehrsizlik bir fojia bo‘lsa, uning haddan ziyodi ham xuddi shunday natija keltiradi...”, - deyiladi materialda.

“Ayrim o‘ziga to‘q oilalarda arzanda bolaning oddiy bir yumushni uddalashi ham ba'zan katta yutuq deb baholanadi, - so‘zida davom etdi jurnalist. – Aytaylik, o‘zi shundog‘am yechishi lozim bo‘lgan masalani uddalay qolsa, ota-onasi uni iqtidor sohibi sanay boshlaydi. Natijada o‘zini haqiqatdan ham iqtidorli, deb baholovchi toifa vujudga keldi. Bugun mana shu toifadagi yoshlar uchun ota-ona mehri ijtimoiy sug‘urta shakliga, istagancha foydalanish mumkin bo‘lgan «bitmas-tuganmas» xazinaga aylanmayaptimi?”.

Muallif ota-onalarni tarbiya masalasiga diqqatliroq bo‘lishga chaqirib qoldi.

Top