15:38 / 19.11.2015
13642

OAVda Parij kafelaridan birida sodir bo‘lgan terakt videotasvirlari paydo bo‘ldi

13 noyabr kuni radikal terroristlar tomonidan Parij kafelaridan birida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari tasvirlangan ilk kadrlar OAVda paydo bo‘ldi. Bino ichkarisiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi tasvirlarini Daily Mail britan nashri o‘z saytiga joylashtirdi.

Videokadrlardan ko‘rish mumkinki, ekstremistlar avtomat qurol yordamida kafega kirish joyidagi stollar atrofida o‘tirgan odamlarga qarata o‘q ochadi.

Top