08:53 / 19.11.2015
2312

O‘zbekistonlik kurashchilar Minskdagi xalqaro turnirda qatnashish uchun jo‘nab ketishdi

Belarus poytaxti Minsk shahrida 20 noyabr kuni yunon-rim kurashi bo‘yicha Olimpiada chempioni Oleg Karavayev xotirasiga bag‘ishlanib, XXII xalqaro jamoaviy turnir o‘tkaziladi. Ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Turnirga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi safida quyidagi sportchilar o‘rin olgan: Feruz To‘xtayev (59 kg), Elmurat Tasmuradov (66 kg), Aram Vardanyan (66 kg), Nurbek Xolmuhammatov (71 kg), Dilshod Turdiyev (75 kg), Nurbek Hoshimbekov (75 kg), Jonibek Otabekov (80 kg), Besiki Soldadze (85 kg), Suxrob Fattoyev (98 kg), Jahongir Turdiyev (98 kg), Mo‘minjon Abdullayev (120 kg), Abrorbek Mamasoliyev (120 kg). Murabbiylar: Komil Fatxullin, Rustam Qudratov.

Shuningek, turnirda o‘zbekistonlik hakam Qahramon Ibragimov ham ishtirok etadi.

Bu turnirda 6 mamlakatdan 7 jamoa qatnashadi: Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Litvadan bittadan, Belarusdan ikkita.

Top