10:51 / 19.11.2015
2205

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashiga aksilterror koalitsiyasi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini yana bir bor kiritdi

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashiga xalqaro aksilterror koalitsiyasi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini yana bir bor kiritdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinning so‘zlariga qaraganda, bu yangilangan loyiha bo‘lib, unda harbiy harakatlar ketayotgan davlat hukumati bilan amaliyotlarni muvofiqlashtirib borish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hujjatda IShIDga qarshi kurash choralarini jadallashtirish zarurligi alohida ta'kidlab o‘tilgan.

Top