19:11 / 19.11.2015
3168

Rossiya hukumatida Misrdagi terakt ijrochilari haqida ma'lumot yo‘q

Rossiyada Misr osmonida halokatga uchragan A321 samolyotidagi teraktning konkret ijrochilari borasida ma'lumot yo‘q. Bu haqda mamlakat TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

“Bizda konkret ijrochilar haqida axborot yo‘q, shu bilan bog‘liq ravishda xorijlik hamkorlarimizga ma'lumotlar taqdim etish borasida so‘rov yo‘lladik”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda hatto tashkilotchilar haqida ham ma'lumot to‘planmagan, ammo halokat xalqaro terrorchilik bilan bog‘liqligi hech kimda shubha uyg‘otmayapti.

Top