18:25 / 19.11.2015
3116

RT telekanalining Tel-Avivdagi tahririyatiga hujum uyushtirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Russian Today telekanalining Tel-Aviv shahrida joylashgan ofisiga noma'lum shaxs pichoq bilan qurollangan holda bostirib kirib, xodimlarga hujum qildi. Bu haqda telekanal saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu hujum oqibatida yana 3 kishi jarohatlangan.

"Biz yerda yotgan jasadlarni ko‘rdik, qichqiriqlarni eshitdik. Tahririyat binosida vahima ko‘tarilgan. Odamlar ofis ichida barrikada hosil qilishgan", deya ma'lum qilgan telekanal suxandoni Paula Slayr jonli efir vaqtida.

 

Hujum qiluvchi shaxs ofisni tark etgan va ayni vaqtda ozodlikda qolmoqda.

Telekanal ofisiga politsiya vakillari yetib kelishgan va tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Top