08:07 / 19.11.2015
2432

Sarayevo yaqinida 2 nafar bosniyalik askar otib ketildi

Avtomat bilan qurollangan shaxs hujumi natijasida Bosniya va Gertsogovina armiyasining 2 nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda Assoshieyted Press nashri xabar tarqatgan.

Qurbonga aylangan askarlar bu vaqtda Sarayevo shahri yaqinidagi hududda joylashgan o‘yin klubida bo‘lishgan.

Jinoyatchi shu yerdagi avtobus bekatida o‘t ochgan va uning o‘qlari tufayli avtobus haydovchisi hamda 2 yo‘lovchi jarohatlangan.

Politsiya matbuot xizmati vakili Irfan Nefichning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda bu shaxs ozodlikda qolmoqda.

Top