12:15 / 19.11.2015
5995

Suares: Agar kimdir Messiga qasddan jarohat yetkazishga urinmasa, men ham Ramosning yelkasini og‘ritmayman

“Barselona hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 12 – turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bizni o‘ta qiyin o‘yin kutib turibdi. Butun dunyo futbol jamoatchiligining e'tibori o‘sha kuni Madridda bo‘ladi. Biz mazkur o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
"Santyago Bernabeu" o‘yingohidan yaxshi va yomon xotiralar qolgan. Men yangi jamoam tarkibidagi debyutimni aynan shu o‘yinda nishonlagandim. Lekin o‘sha o‘yinda yuta olmaganmiz.
Oldinda turgan o‘yinda kim favoritligini va bu o‘yin natijasida mavsum chempioni nomi ma'lum bo‘lishi haqida aniq gap ayta olmayman.

Messining tarkibimizga qo‘shilganidan barchamiz mamnunmiz. Uning maydonga tushish tushmasligini aniq bilmaymiz. Ammo uning bizga yordam berishini umid qilamiz. Barchasini vaqt ko‘rsatadi, uning ushbu o‘yinda harakat qilishi uning jarohatini yangilab olishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Men bu o‘yinda Ramosning jarohat olgan yelkasiga atayin yana og‘riq yetkazish niyatida emasman. O‘z o‘rnida raqib futbolchilari ham Messiga nisbatan qasddan qo‘pol o‘ynashadi deb o‘ylamayman. Axir barchamiz hamkasblarmiz”, — deydi Suares.

Top