20:36 / 19.11.2015
4394

Tojikiston tashqi qarzi hajmi yil boshidan 50 mln dollarga kamaydi

Tojikiston tashqi qarzining umumiy hajmi joriy yilning oktabridan 2,05 mlrd dollardan biroz ko‘proqni hamda yil boshiga nisbatan 50 mln dollarga qamroqni tashkil qildi. 2015 yilning boshida bu qarz 2,1 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. 

Tojikiston moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzi strukturasida 1,8 mlrd dollar bevosita davlat qarziga to‘g‘ri keladi, u hukumatning xizmatlarni bajarishini ta'minlaydi.

Davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz 21,7 mln dollarni tashkil qiladi.
Yana 31,5 mln dollarlik qarz hukumat tomonidan kafolatlanmagan davlat korxonalari qarzidan iborat.

Tojikiston Milliy bankining Xalqaro valyuta jamg‘armasi oldidagi qarzi 139,5 mln dollarni, Milliy bank tomonidan jalb qilingan xitoy krediti 12 mln dollarni, Islom taraqqiyot banki krediti esa 5,54 mln dollarni tashkil qiladi.

Top