08:46 / 19.11.2015
3221

Tojikistonda kuchishlatar tuzilmalar xodimlari pensiyaga chiqish muddati 5 yilga uzaytirildi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi hukumat tomonidan “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi” qonunga taklif qilingan o‘zgartirishlar loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu loyiha tayyorlanishi bosqichida jamiyatda bahslar va kuchishlatar tuzilmalarda tushunmovchilik keltirib chiqargan edi.

Tojikiston moliya vazirligi tomonidan bildirilayotgan o‘zgartirishlarning mohiyati shundan iboratki, Tojikiston kuchishlatar tuzilmalari xodimlari pensiyaga chiqishlaridan avval 25 yil xizmat qilishlari lozim.

Tojikiston moliya vaziri Abdusalom Qurboniyon deputatlar oldidagi nutqida 1994 yilda qabul qilingan amaldagi qonun zamon talablariga javob bermasligini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, 2005 yilda harbiylarning pensiyasini qoplash uchun davlat byudjyetidan 8,8 mln somoniy ajratilgan, 2010 yilda esa bu raqam 66,4 mln somoniyni, 2015 yilda esa 159,5 mln somoniyni tashkil qilmoqda, mamlakatda esa 20 mingdan ko‘proq pensioner harbiy mavjud.

Vazirning ta'kidlashicha, o‘zgartirishlar qabul qilingandan keyin, harbiy xizmatchilar avvaldgidek 20 yil xizmatdan keyin emas, balki 25 yildan keyin pensiyaga chiqa oladilar.

“25 yil xizmat qilgan harbiy xizmatchi pensiyaga chiqishi paytida maoshining 50 foizi miqdorida pensiya oladi, 25 yildan keyingi uch yillik xizmatining har yili uchun pensiyasiga maoshining 3 foizi qo‘shiladi”, deb aytdi vazir.

Vazirning ta'kidlashicha, qonunga o‘zgartirishlar prokuratura va sud organlari xodimlari pensiyaga huquq-tartibot muassasalari va kuchishlatar tuzilmalar xodimlari kabi emas, balki barcha fuqarolik shaxslari kabi pensiyaga chiqishlarini ko‘zda tutadi.

Top