15:24 / 19.11.2015
2094

Washington Examiner: amerikaliklarning ko‘pchilik qismi AQShga suriyalik qochqinlar kelishidan xursand emas

Amerikaliklarning ko‘pchilik qismi AQShga suriyalik qochqinlar kelishini yoqlab chiqmaydi. Bu haqda o‘zi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Washington Examiner nashri yozmoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatga 10 ming qochqinni ko‘chirish borasidagi rejani ilgari surgan edi.

Lekin bu reja fuqarolarning kattagina qismiga ma'qul emas ko‘rinadi.
Jumladan, respondentlarning 53 foizi dasturni to‘xtatish kerak deb hisoblasa, 11 foizi uni mamlakat faqat xristian diniga mansub suriyaliklarni qabul qilsagina amalga oshirish kerak deb o‘ylaydi. 28 foiz respondent dasturni bugungi holicha qabul qilishini aytdi.

Oxirgi oylarda sodir etilgan teraktlar ko‘pchilikni tashvishga tushirib qo‘ygani, shu bois odamlar qochqinlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘la boshlagani aytilmoqda. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 35 foizi terrorchilikni mamlakatga xavf solayotgan birinchi tahdid deb atagan.

Sentyabrda AQShga asosiy tahdid IShIDdan kelayotganini 11 foiz respondent aytgan bo‘lsa, bu safargi so‘rovda ushbu ko‘rsatkich 21 foizga yetdi.

Top