19:42 / 20.11.2015
2469

AQSh aviakompaniyasi yo‘lovchilar uchun “pitssa bayrami” uyushtirdi

AQShda Delta Airlines aviakompaniyasi yo‘nalishi o‘zgartirilgan reys yo‘lovchilar uchun “pitssa bayrami”ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Metro. Noqulay ob-havo sharoiti bois o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan parvozlar yo‘lovchilari ana shunday siylovga loyiq ko‘rildi.

Bu tadbir o‘z samarasini berdi: tornado sabab ushlanib qolingan yo‘lovchilar ortiq tashvishga tushishmadi, deb yozadi nashr. “Ayrim joylarda, misol uchun Kolumbiya (Janubiy Karolina) aeroportida Atlantaga uchmoqchi bo‘lgan, ammo kutib qolgan yo‘lovchilar uchun pitssa buyurtma qilindi”, – deb ma'lum qildi kompaniya matbuot kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Delta Airlines aviakompaniyasi mana shunday vaziyatlarda qo‘llaydigan chora-tadbirlari sabab yo‘lovchilarga manzur keladi.

Top