09:21 / 20.11.2015
5745

AQShdagi maktab o‘quvchilariga IShID varaqasini chizish topshirildi

Yuta shtatidagi Salem shahrida joylashgan maktablardan birida bolalarga bir qator terrorchi tashkilotlar, shu jumladan, IShIDning ham varaqalarini yaratish topshirig‘i vazifa qilib berildi. Bu haqda KUTV kanali xabar.

Aytilishicha, o‘qituvchi shu yo‘l bilan o‘quvchilariga terrorchilarning yollash usullarini ko‘rsatishga harakat qilgan. Maktab vakilasi Lana Xiskining so‘zlariga qaraganda, bu ota-onalarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
“Vazifa 60 o‘quvchiga berildi, to‘rt ota-ona bizga qo‘ng‘iroq qilib, bu metoddan noroziligini aytdi”, - dedi Xiski xonim.

U bunday vazifa o‘quv dasturida ko‘zda tutilmaganini ham qayd qilib o‘tdi.
“O‘qituvchi ortiq darajada ishtiyoq tuyib, bu bilan propagandaning yomonligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan”, - tushuntirdi u.

Top