07:57 / 20.11.2015
2444

FQB direktori: AQShda Parijdagi kabi teraktlar sodir etilishi xavfi mavjud emas

AQSh Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komi olingan barcha ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda Parijdagi kabi teraktlar sodir etilishi real xavfi mavjud emasligini ta'kidladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Komining aytishicha, Parijdagi teraktlar bilan AQShda uyushtirilishi mumkin bo‘lgan teraktlar o‘rtasida hech qanday aloqa borligi aniqlanmagan.

Avvalroq Fransiya va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatda Parijdagi teraktlar tergov qilinishini muhokama qilishgani ma'lum qilingandi.

Yaqinda AQShga 5 nafar suriyalik o‘g‘irlangan grek pasportlari bilan kirishga harakat qilganda Gondurasda ushlangandi.

Top