13:12 / 20.11.2015
3144

Guardian: Parijdagi teraktlar Fransiya maxsus xizmatlarining mag‘lubiyatidan dalolat

Fransiya hukumati terakt ijrochilaridan eng kamida 3 nafari haqida ma'lumotga ega edi, ammo ularning harakatsizligi va e'tiborsizligi tufayli tahdid amalga oshdi, deb yozadi The Guardian nashri.

Maxsus xizmatlar har kuni xodimlarning kamligi va gumondorlarning ko‘pligi bilan bog‘liq muammoga duch keladi. Fransiya politsiyasi tarkibida bor-yo‘g‘i 500-600 ishchi bor. Ammo maxsus xizmatlarda 11 ming kishi ishlaydi.
Bitta gumondorni kuzatish uchun bu ishga 30-40 xodim jalb qilinishi lozim. Shu tariqa, agentlar aynan qaysi jinoyatchini tekshirish muhimroqligi haqida bir qarorga kelishi lozim bo‘ladi.

Charlie Hebdo tahririyatiga hujum va Parijdagi teraktlarni bartaraf qila olmagan xavfsizlik xizmatlari ayni kunlarda jiddiy bosim ostida ishlamoqda. Jamoatchilik borgan sayin ularning ishidagi kamchiliklarni yaqqolroq ko‘rmoqda. Shu bois Fransiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirish borasida bir qator choralarni taklif qildi.

Shuningdek, Fransiya maxsus xizmatlari Yevropaning boshqa davlatlarida ishlayotgan hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatmagan, bu esa qo‘shni davlatlardan osonlikcha kirib kelishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilar haqida ma'lumot olishni qiyinlashtiradi.

Top