13:46 / 20.11.2015
2132

Indoneziya Avstraliya bilan qochqinlar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Jakarta Kanberra bilan qochqinlarni Indoneziya hududiga, Malay arxipelagidagi orollardan biriga vaqtinchalik muddatga joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Avstraliya buning uchun zarur bo‘lgan barcha zarur xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi, deya xabar bermoqda Frans-Press agentligi.

“Mazkur g‘oya Avstraliya tomonidan taklif etildi. Biz esa mazkur taklifni dekabrda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda yana bir bor muhokama qilamiz, deya javob berdik”, - dedi Malay hukumati vakili Agus Barnas.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Indoneziya xavfsizlik mahkamasi rahbari Luhut Panjaytan Avstraliyadan mazkur loyihani to‘liq moliyalashtirishni talab qildi. Uning qayd etishicha, qochqinlarni orolga joylashtirish – vaqtinchalik chora. U gap aynan qaysi orol haqida so‘z borayotganiga oydinlik kiritgani yo‘q.

Top