08:27 / 20.11.2015
2530

Janluiji Buffon: Chex va Kasilyas so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi darvozabonlari

"Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon kimni eng yaxshi darvozabon deb bilishini aytib o‘tdi.

"Davrimizning eng yaxshi darvozabon Kasilyas hisoblanadi. U hamisha qo‘l bilan juda yaxshi o‘ynardi.

Odamlar Lev Yashin, Rikardo Zamora, Dino Dzoff, Zepp Mayyer va Gordon Benksni o‘z davrining eng yaxshi darvozabonlari deb e'tirof etishadi.

Men Shmeyxel, Zenga, Palyuka va Subisaretani oldingi davrning eng yaxshi darvozabonlsri sifatida sanagan bo‘lardim.

So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi darvozabonlari Chex va Kasilyas, keyingi uch yilda Yeesa – Noyyer", – deydi Buffon.

Top