09:53 / 20.11.2015
3578

London politsiyasi shahar markazida noma'lum kishilar qoldirib ketgan avtomobilni portlatdi

London markazida qoldirib ketilgan avtomobil bilan bog‘liq hodisa terroristik tahdid emas, balki politsiya tomonidan boshqarilgan portlashdir. Bu haqda 19 noyabr kuni Britaniya poytaxti politsiyasi tarqatgan bayonotda so‘z boradi.

Voqea Beyker-stritda, shu nomdagi metro stansiyasi yaqinida sodir bo‘ldi. Yo‘l o‘rtasida chiroqlari yonib-o‘chayotgan holda qoldirib ketilgan avtomobil politsiyani shubhalantirdi.
Hudud zudlik bilan o‘rab olinib, metro stansiyasi evakuatsiya qilindi. Salonga yetib olish uchun politsiya nazorat portlashini amalga oshirib ko‘rdi, biroq keyingi tekshiruvlar politsiya shubhasining asossiz ekanini tasdiqladi.

Shundan so‘ng metro stansiyasi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilib, yaqin-atrofdagi yo‘llar ochildi.
Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Britaniya Ichki ishlar vaziri Tereza Mey mamlakatda terroristik aktlar sodir etilishi ehtimoli yuqori ekanini ma'lum qilgan edi. Shu munosabatda Britaniyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Top