14:10 / 20.11.2015
3260

Mudofaa vazirligi: Ukraina IShIDga qurol-yarog‘ yetkazib bermagan

Ukraina xorijiy OAVda paydo bo‘lgan ma'lumotlarni inkor qilib, IShIDga qurol-yarog‘ yetkazib berishga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni inkor qildi. Bu haqda mamlakatning mudofaa vazirligi bayonot tarqatdi.

“Ukraina xabarlarda tilga olingan Xitoyning FN-6 zenit-raketa komplekslarini ishlab chiqarmaydi va sotib ham olmagan, shuningdek, ularni o‘tkazish uchun tranzit taqdim etmagan. Bundan tashqari, FN-6 Ukraina qurolli kuchlari yoki boshqa qurolli qo‘shilmalari qurollanishida hech qachon bo‘lmagan”, - deyiladi xabarnomada.

Ilgariroq xorijiy matbuotda Quvayt TIVga tayanilgan holda Ukrainadan IShIDga qurol yetkazib berayotgan 6 kishilik guruh qo‘lga olingani haqida xabar tarqatilgan edi.

Top