10:13 / 20.11.2015
3961

OAV: Shinjonda 28 ayirmachi o‘ldirildi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani politsiyasi 28 ayirmachini o‘ldirdi. Xitoy xalqaro radiosining xabar berishicha, sentabr oyida ko‘mir koniga hujum uyushtirgan guruh 56 kun davomida ta'qib qilingan.

Baychen uyezdidagi konga hujum 18 sentabrda uyushtirilgan bo‘lib, uning oqibatida 11 tinch aholi vakili va 5 politsiyachi o‘ldirilgan, yana 18 kishi jarohat olgan edi.
Shinjonda uzoq yillardan buyon bu yerning mahalliy xalqi bo‘lmish uyg‘urlarning Xitoydan ajralib chiqishi uchun kurashayotgan bir qator guruhlar faoliyat yuritib keladi.

Oxirgi oylarda ma'muriy birlik hududida 32 maxfiy tashkilot fosh etilgan, ularning 380 a'zosi qo‘lga olinib, 315 nafari o‘lim jazosiga va qamoq jazosiga hukm qilingan.

Top