17:37 / 20.11.2015
6810

Odil Ahmedov: Mirjalol Qosimov futbolchilik davrida «futbol xudosi» bo‘lgan

O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning «Krasnodar» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov rus nashrlariga bergan intervyusi chog‘ida o‘zining yoshligidagi kumiri haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Bolaligimda Mirjalol Qosimov kumirim bo‘lgan. 1997 yilda u «Alaniya»dan qaytib kelganida, «Paxtakor»ning u ishtirokidagi o‘yinlari televizor orqali ko‘rardim. Men uni xuddi futbol «xudosi»dek kuzatardim».

«Uning maydonni ko‘rishi, o‘yinni o‘qiy olishi, yana jarima to‘plarni tepishi hayratga solardi. Uning jarima zarbalari yoki xavfli vaziyat, yoki gol bo‘lardi», deya ta'kidlab o‘tgan Ahmedov.

Top