17:01 / 20.11.2015
3020

O‘zbekiston yengil sanoatida xorijiy investitsiyalar miqdori 216 mln dollarga ko‘paydi

“O‘zbekengilsanoat” AJ Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forumi doirasida xorijiy investorlar bilan umumiy qiymati 216 mln dollarga teng bo‘lgan memorandumlar va oldi-sotdi shartnomalari imzolandi.
Jumladan, investitsion loyihalar realizatsiyasiga qaratilgan 8 memorandum va tekstil sohasidagi bitta oldi-sotdi shartnomasi imzolandi, deb xabar beradi “O‘zbekengilsanoat” matbuot xizmati.
Strategik hamkor bo‘lmish Lemon International kompaniyasiga Andijon viloyatidagi bankrot korxona – “Bobur” AJ binosi sotildi. Shartnoma qiymati 2.4 mln dollarni tashkil qildi.
“O‘zbekengilsanoat” AJ, Davlat raqobat qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimiyati tomonidan Bobur M and F (Gongkong) MChJ bilan ushbu korxona negizida 25 mln dollarlik investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Top