18:48 / 20.11.2015
21238

O‘zbekistonda 7 dekabr - dushanba dam olish kuni deb e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kunini 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda UzA xabar qildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko‘chirilsin;

2015 yil 5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e'lon qilinsin", deyiladi qarorda.

Top