14:09 / 20.11.2015
4588

Pepsi kompaniyasi ilk smartfonini taqdim etdi

Ichimliklar ishlab chiqaruvchi Pepsi kompaniyasi o‘zining ilk smartfonini rasman taqdim qildi. Pepsi Phone P1 fableti o‘rta texnik ko‘rsatkichlar hamda hamyonbop narxga ega.

Qurilmaga 8 yadrodan iborat 1,7 GGts chastotali MediaTek MT6592 protsessori, 2 GB tezkor hamda 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Operatsion tizimi sifatida Android 5.1 Lollipop tizimida yaratilgan Dido OS 6.1’dan foydalanilgan.

Displey hajmi 5,5 dyuym. Bundan tashqari 13 Mp asosiy hamda 5 Mp old kameraga ega.

Fablet barmoq izi skaneriga ham ega.

Smartfonni ishlab chiqarish bilan Pepsi brendidan foydalanish uchun litsenziya olgan Xitoyning Shenzhen Scooby Communication Equipment kompaniyasi shug‘ullanadi.

Dastlab smartfon 78 dollar narxda sotuvga chiqqan. Hozirda fablet 110 dollar narxda sotilmoqda. Biroq ushbu chegirmali smartfonlar soni cheklangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, aksiya tugagach, Pepsi Phone P1 203 dollar narxda sotiladi. 

Top