13:34 / 20.11.2015
5158

Qirg‘izistonda 2018-2020 yillarda zilzilalar eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi bashorat qilinmoqda

Qirg‘izistonda 2018-2020 yillarda zilzilar sodir bo‘lishi eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda KirTag Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining Zilzilalarni bashorat qilish instituti olimi Ernest Mamirov ma'lumotlariga asoslanib xabar qildi.

“Dunyoda, shu jumladan, Nepal va Afg‘onistonda ko‘plab vayronagarchiliklar va qurbonlarga sabab bo‘lgan bir nechta yirik zilzilar ro‘y berdi. Bo‘lib o‘tgan yer silkinishlari sababli bizda ham faollashuv kuzatildi. Biz ushbu mamlakatlardagi kabi zilzilalarni kutayotganimiz yo‘q,

biroq 2018-2020 yillarda Qirg‘izistonda 6-7 ballgacha bo‘lgan zilzilalar cho‘qqisiga chiqishi ehtimoli bor”, - dedi Mamirov.
U mamlakat janubida katta xavotirlar keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etib o‘tdi. Aynan janubiy viloyatlarda 60-70 foiz zilzilalar sodir bo‘ladi.

Top