09:02 / 20.11.2015
3003

Qirg‘izistonda uchastka nozirini o‘ldirgan shaxs haqidagi ma'lumot uchun 1 mln som mukofot va'da qilindi

Qirg‘iziston IIV uchastka noziri qotili haqidagi ma'lumot uchun 1 million som (14 ming dollar atrofida) miqdoridagi pul mukofoti haqida e'lon qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 20 noyabrga o‘tar kechasi Bishkek shahrining sakkizinchi mikrorayonida 26 yoshli kichik leytenant Aktilek Abduvaliyev ikki nafar shubhali shaxsni to‘xtatgan va ulardan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘ragan. Bu vaziyatda bu yosh yigitlar o‘zlarini juda agressiv tutishgan va uchastka nozirining talabini bajarmagan. Shunda Abduvaliyev yordamchi kuchlarni chaqirgan, jinoyatchilar esa uning boshiga o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishgan.

Ayni vaqtda huquq tartibot organlari xodimlari shahar bo‘ylab jinoyatchilarni qidirmoqda. Qotillik bo‘yicha tekshiruv ishlarini mamlakat IIV rahbari Melis Turganbayev shaxsan nazorat qilmoqda.

Shubhali shaxslar haqida ma'lumotlarga ega bo‘lgan kishilardan tegishli idoralarga xabar berish so‘ralgan.

Quyida murojaat uchun telefonlar:

Bishkek IIBB navbatchilik qismi: 43-71-68; 43-71-68;

Bishkek IIBB JBB: 0551-10-21-20;

Oktyabrskiy tumani JIB: 0554-10-23-31;

QR IIV navbatchilik qismi: 66-23-31;

Top