08:40 / 20.11.2015
5271

Shahrisabzlik haydovchi sambo bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi vinozavodida ("Shahrisabz vino-aroq" AJ) haydovchi sifatida faoliyat ko‘rsatadigan Murodullo Nazarov Isroilda o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatidan g‘olib bo‘lib qaytdi.

U Isroildagi turnirda 63 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan. Turnirda 24 davlatdan kelgan 267 sportchi qatnashgan.

«Novosti Kashkadari» gazetasida yozilishicha, u o‘z vaqtida, sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston hamda Osiyo chempioni bo‘lgan. Shuningdek, bir qator jahon kuboklarida sovrindor bo‘lgan.

Endilikda Murodullo Nazarov 2016 yilda Xorvatiyada o‘tkaziladigan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorlanmoqda.

Top