09:48 / 20.11.2015
3221

Toshkent o‘t o‘chiruvchilari yil davomida 14 marta telefon orqali aldandi

2015 yil davomida Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi idorasiga yong‘in haqida 14 marta yolg‘on qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Murod Qo‘chqorov aytib o‘tdi.

“Shu yil davomida 14ta shunday holatni ro‘yxatga oldik, - dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida. – Bunday holatlar ma'muriy javobgarlik bilan nihoyasiga yetadi”.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabrdan O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” start oladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimiyatida yong‘in xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ma'lumot berilishicha, so‘nggi 10 oyda respublika bo‘yicha 1 474 yong‘in yuzaga kelgan bo‘lib, unda 17 kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi aziyat chekkan. 20 kishi qutqarib qolinib, 20 mlrd so‘mdan ortiq moddiy-tovar boyliklari saqlab qolingan.

Top