23:44 / 21.11.2015
5668

113 yilda birinchi marta “el-klasiko” uchrashuvida “Real” dastlabki tarkibidan birgina ispan futbolchisi o‘rin oldi

Ispaniya Primerasining 12-turida “Real” bilan “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvda madridliklarning dastlabki tarkibiga bor-yo‘g‘i birgina ispan futbolchisi kiritildi. Bu futbolchi himoyachi Serxio Ramos bo‘ldi. Darvozabon Keylor Navas va Marselo ham ispan fuqaroligiga ega, biroq Navas Kosta-Rika, Marselo esa Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Bunday holat 113 yillik klasiko tarixida birinchi marta yuz berdi. “Barselona”ning klasiko uchrashuvlaridagi dastlabki tarkibidan doimo “Real”dan bittaga ko‘proq ispan futbolchisi o‘rin olib kelgan.

Top