21:25 / 21.11.2015
27574

Aktyor Asqar Hikmatov uylandi

“Tundan tonggacha 1-2”, “Oling quda, bering quda”, “Tilim qursin”, "Yigitali" va boshqa o‘zbek filmlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Asqar Hikmatov uylandi.


19 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomida Asqar Hikmatovning hamkasblari mehmon bo‘lishib, to‘y suratlari bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lishishdi.
Suratlar ostida bildirilgan tabriklarga ko‘ra, kelinning ismi Mahbuba, deb yozadi uz24.uz nashri.

Bugun, 21 noyabr kuni o‘zbek estradasidagi xonandalar Oybek hamda Nigoraning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilingan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, nikoh kechasi “Versal” restoranida nishonlanadi.

O‘zbek estradasi olami vakillarining aksar qismi Oybek va Nigoraning nikoh bazmida yig‘ilishgan kunda shahardagi boshqa to‘yxonada marhum qo‘shiqchi Muhriddin Xoliqovning kenja o‘g‘li bo‘lmish Odil Xoliqovning nikoh to‘yi marosimi o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan Kun.uz sayti kelin-kuyovlarga oilaviy baxt hamda ijodiy barkamollik tilaydi.

Top