14:48 / 21.11.2015
2617

ATP yakuniy turnirida yarim final ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi

London shahrida davom etayotgan ATP yakuniy turnirida barcha yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi. 19 noyabr kuni Sten Smit guruhidan shveysariyalik Rojyer Federer hamda serbiyalik Novak Jokovich mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rin egalari sifatida yarim finalga chiqishgan edi.

20 noyabr kuni esa Ilie Nastase guruhida so‘nggi uchinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi va bu kvartetdan ham bosh mukofot uchun kurashni davom ettiradigan ikki tennischi nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Muddatidan avval yarim final chiptasini qo‘lga kiritgan ispaniyalik Rafael Nadal hamyurti David Ferrerni 6:7, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi yo‘llanma uchun kechgan bahsda esa shveysariyalik Sten Vavrinka mezbon tennischi Endi Marreydan 7:5, 6:4 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa, endi britaniyalik tennis muxlislari qolgan raketka uchtalariga muxlislik qilishadi. Yarim finalda shveysariyalik tennischilar – Rojyer Federer va Sten Vavrinka o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Novak Jokovich va Rafael Nadal o‘zaro final masalasini hal qilishadi.

ILIE NASTASE GURUHI 3-TUR:

Rafael Nadal (Ispaniya) – David Ferrer (Ispaniya) 6:7, 6:3, 6:4

Sten Vavrinka (Shveytsariya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 7:6, 6:4

Top