20:21 / 21.11.2015
3328

Bahrayn hukumati muxolif shialar yetakchisi qiziga fuqarolik bermayapti

Bahraynning eng yirik muxolif uyushmasi “Al-Vifoq” shialar partiyasi yetakchisining bir yoshlik qizi Bahrayn fuqroligini ololmayapti, deb aytdi qizchaning onasi Salmona Aliya Rido.

“Bizning qizimiz Sora bir yoshga to‘ldi, u o‘zining otasi shayx Ali Salmonni qamoqda bo‘lgani sababli ko‘ra olmayapti va fuqarolik ololmayapti”, deb yozdi ayol Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.

Ayolning ta'kidlashicha, Bahraynda ko‘plab bolalar hech qanday ayb ish qilmasdan, shu mamlakat vakili bo‘la turib, fuqarolik insonning asosiy huquq ekanligiga qaramasdan, siyosiy sabablar tufayli otalari fuqarolikdan mahrum etilganligi sababli shunday vaziyatda qolmoqdalar.

Bahrayn jinoyat sudi 16 iyunda Fors ko‘rfazi davlatlaridagi eng yirik siyosiy uyushma yetakchisi Ali Salmonni “qirollik qonunlarini bajarmaslikka ommaviy chaqirish va jinoiy harakatlarni oqlash” aybi bilan 4 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Shu bilan birga sud unga 14 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin bo‘lgan, qirollikdagi hukmron tuzumni o‘zgartirishga ommaviy chorlovlar bo‘yicha eng jiddiy ayblovni bo‘ynidan oldi. Bahrayn politsiyasi Salmonni o‘tgan yilning oxirida uning partiyasi tomonidan ommaviy namoyishlar tashkil etilganidan keyin hibsga olgan. Namoyish ishtirokchilari qirollikda demokratik o‘zgartirishlar amalga oshirilishini talab qilishgan.

Bahrayn hukumati sudlanganlarga nisbatan qo‘shimcha jazolash sifatida fuqarolikdan mahrum qilishdan ham foydalanadi. Bir hafta oldin Bahrayn Oliy jinoyat sudi terrorchilik guruhi tashkil qilganlik uchun 12 kishini umrbod qamoq jazosi va fuqarolikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qilgandi.

Top