17:23 / 21.11.2015
3032

Belgiya bosh vaziri: Mamlakatimizda Parijdagi kabi terakt takrorlanishi mumkin

Belgiyada keng ko‘lamli terakt sodir bo‘lishi xavfi haqida ogohlantirishlar yangrashda davom etmoqda. Mamlakat bosh vaziri Sharl Mishel Milliy xavfsizlik kengashidagi yig‘ilish vaqtida ma'lum qilgan.

U mamlakatda terrorchilik xavfi sodir etilishi ehtimoli ortganini ta'kidlagan.

"Terakt nishonlari - savdo markazlari, jamoat transportlari va odamlar ko‘p to‘planadigan marosimlar bo‘lishi mumkin", deydi vazir.

Uning qayd etishicha, mamlakatda bir necha portlashlar amalga oshirilishi bo‘yicha rejalar mavjudligi haqidagi ma'lumot kelib tushgan.

Biroz oldinroq, Bryusselda terrorchilik xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilingandi.

Top