12:30 / 21.11.2015
14605

Chelyabinsk osmonida uchta quyosh paydo bo‘ldi

Bir necha kundan buyon Rossiyaning Chelyabinsk shahri osmonida o‘ziga xos optik hodisa – galo kuzatilmoqda. U quyosh atrofida halqalarni hosil qilib, “muz kamalagi”ni yoki bir yo‘la uchta quyoshni eslatib yuboradi. Galo sovuq havoda kuzatiladi, negaki patsimon bulutlarda muz kristallarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Shahar ahli ijtimoiy tarmoqlarga bu hodisaning turli rakusrlardan olingan suratlari va videolarini joylashtirmoqda. Oxirgi kunlarda galoni Ural shahrida ham ko‘rish mumkin bo‘lmoqda.

Top