10:24 / 21.11.2015
3217

Kemeron: BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan rezolyutsiya butun dunyoni IShIDga qarshi birlashtiradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyani IShID terrorchilik harakatiga qarshi butun dunyoni birlashtirgan muhim lahzalar, deb atadi.

"IShID bo‘yicha BMT rezolyutsiyasi — o‘ta muhim vaziyatdir. Bugun butun dunyo IShIDga qarshi birlashdi", — deyiladi Buyuk Britaniya bosh vazir tomonidan taqdim etilgan bayonotda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish yakuni “Terrorchilarga hal qiluvchi zarba berish va Suriyadagi xalqaro harakatlarni yanada kengaytirishni ko‘rsatib berdi”.

U, shuningdek, mamlakat parlamentidan Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar uyushtirishga ruxsat olishga harakat qilayotganini ham ta'kidlab o‘tgan. Ma'lumot uchun, Buyuk Britaniya hukumatida Iroq hududida havo harakatlari olib borishga ruxsat bor, ammo Suriya uchun yo‘q.

Top