17:18 / 21.11.2015
2972

Luis Enrike: "Santyago Bernabeu"da bizga hushtakbozlik qilishmasa kulgili holat bo‘lar edi

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Real”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Santyago Bernabeu”da “Barselona” futbolchilariga boshqa jamoalarga nisbatan ko‘proq hushtakbozlik qilishadi. Bu futbol go‘zalligi va bunda qo‘rqinchli hech nima ko‘rmayapman. Bordiyu “Real” maydonida bizni hushtakbozlik qilmasa kulgi holat bo‘lar edi. Menga bunday o‘yinlardagi harorat yoqadi.

Hozir 12-tur. Agarda o‘tgan mavsumga nazar soladigan bo‘lsa, birinchi davrada “Real”ga qarshi kechgan uchrashuv hal qiluvchi o‘yin bo‘lmadi. “Real”dan ochko tortib olish qiziqarli vazifa. Bu qo‘shimcha ishtiyoq uyg‘otadi”, – dedi ispaniyalik murabbiy.

 

Top