15:04 / 21.11.2015
13531

OAV: Parij terakti kunida mafiya a'zolari IShID jangarilariga o‘t ochib, odamlarni qutqargan

Parij shahrida 13 noyabr kuni yana bir terakt yuz berishining oldi olingani ma'lum bo‘ldi.

O‘sha kuni shaharda Kolumbiyadagi mafiya tashkiloti a'zolari ham bo‘lgan. Xalqaro qidiruvda bo‘lgan bu shaxslar 13 noyabr kuni Parijdagi kafelardan biriga bostirib kirgan terrorchilarni to‘xtatishgan.

Kolumbiyadagi nashrlarda yozilishicha, narkokartel a'zolari kafega kirib bu yerda ham odamlarni qirg‘in qilishni niyat qilgan jangarilarga qarshi o‘t ochishgan va o‘nlab kishilarning hayotini saqlab qolishgan. Jangarilar ularning o‘qlaridan halok bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Fransiya politsiyasi mafiyachilarni hibsga olgan.

"Endilikda fransuz politsiyasi qarshisida 2 yo‘l turibdi: kolumbiyaliklarni nima qilish kerak? Odamlar hayotini saqlab qolib, yana bir terakt oldini olishgani uchun taqdirlashmi yoki ularni Kolumbiya hukumatiga topshirishmi?", deyiladi xabarda.

Top