00:08 / 21.11.2015
5192

Ostona aeroportida qor tozalovchi mashina samolyot bilan to‘qnashib ketdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona aeroportida qor tozalovchi mashina “SCAT” aviakompaniyasi samolyotiga shikast yetkazdi. Maxsus texnika qor tozalash paytida laynerning qanotiga shikast yetkazdi va uni ishdan chiqardi.

To‘qnashishdan Bombardier CRJ-200 samolyoti zarar ko‘rdi. Zarba o‘ng qanotga to‘g‘ri keldi. Samolyot parvoz jadvalidan chiqarildi. Voqea sabablarini maxsus komissiya tergov qiladi.

“Ushbu samolyot bajarishi kerak bo‘lgan reyslar zaxira samolyot tomonidan amalga oshiriladi. Zaxira samolyot Olma-otadan Ostonaga uchib ketdi va qolgan reyslarni u bajaradi”, deb aytdi aviakompaniya vakili.

Top