12:23 / 21.11.2015
3645

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasida o‘zaro kelisha olmadi

Qirg‘iziston va Tojikiston yana bir bor davlat chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy qarorga kela olmadi.

Chegaradagi bahsli hududlar masalasiga doir o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda bir to‘xtamga kelinmagan. Ammo tomonlar davlat chegaralari yaqinidagi 519,9 km hudud borasida ishlangan loyiha borasida kelishuvga erishishgan.

Uchrashuv yakunida Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida o‘zaro kelishuvga erishish uchun davlat chegaralari hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish hamda shu yo‘l bilan bu masalada bir to‘xtatamga kelish rejalashtirilgan.

Top