13:23 / 21.11.2015
5038

Rossiyalik harbiy zobit 17 ta tankning turli qismlarini sotib yubordi

Rossiyaning Pskov tumanida 17 tankning qismlarini sotib yuborgan harbiy zobit hibsga olindi. Sud harbiyni davlatga 125 million rubl miqdorida zarar keltirgan, deb topdi.

Pskov harbiy gornizon sudi mayor Oleg Zaulskiyni harbiy poligonda nishon bo‘lib xizmat qilgan 17 tankning turli qismlarini sotganligi ustidan hukm e'lon qildi. Harbiy davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblangan, deb yozadi FlashNord.

Bundan tashqari, jinoyatchi uch harbiy transport vositasini fuqarolarga sotganlikda ham ayblanmoqda. Zobitning davlatga keltirgan moddiy zarari miqdori 125 million rubl deb baholangan. Zaulskiy sud qarori bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Top