20:51 / 21.11.2015
5978

Saloh Abdislom Bryusselga shahidlar nimchasida qaytgani taxmin qilinmoqda

Parij teraktlari tashkilotchisi sifatida gumon qilinib, 1 haftadan beri qidiruvda bo‘lgan Saloh Abdislom ayni vaqtda Bryusselda va uning engnida portlovchi moddalar o‘rnatilgan shahidlik belbog‘i bo‘lishi mumkin. Bu haqda RTBF telekanalida xabar qilingan.

Bu ma'lumot uning yonida bir qancha vaqt bo‘lgan Hamza Attu tomonidan aytilgan.
U Abdislomning Parij teraktlariga aloqadorligi bo‘yicha hech narsan bilmasligini bildirgan.

Biroz oldinroq, Abdislom o‘z tanishlariga Suriyaga qaytishda yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

U o‘z do‘stlari bilan suhbatida jangarilarning Yevropadagi bo‘limlari rahbarlari uning Parij terakti vaqtida o‘zini shahid qilmaganidan norozi bo‘lishganini aytib o‘tgan.

Top