08:19 / 21.11.2015
2627

Tesla xavfsizlik kamaridagi nosozlik tufayli 90 mingta mashinani ortga chaqirtirib olmoqda

Tesla kompaniyasi xavfsizlik kamarida nosozlik bo‘lishi ehtimolini tekshirish maqsadida S modelidagi 90 mingta mashinani ortga chaqirtirib olmoqda, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Nosozlik haydovchilardan biri shikoyat qilgandan keyin qayd qilingan. Haydovchi orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilarga o‘girilganda xavfsizlik kamari ishdan chiqqan.

Kompaniyada bu nosozlik bilan bog‘liq avariya yoki shikastlar qayd qilinmagani ta'kidlandi.

Ortga chaqirtirib olingan mashinalar egalariga Tesla’ning xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilish taklif qilinmoqda. Agarda kamar noto‘g‘ri o‘rnatilgani aniqlansa, unda bu nosozlik 6 daqiqada to‘g‘rilab berilishi ta'kidlanmoqda.

Top