14:15 / 21.11.2015
7324

Tokioda poytaxt uchun xos bo‘lmagan jinoyat sodir etildi

Tokioning markaziy tumanlaridan birida Yaponiya poytaxti uchun noodatiy ko‘rinishga ega jinoyat sodir etildi. Tumandagi yirik zargarlik do‘koni umarib ketildi. Bu haqda Yaponiya politsiya boshqarmasi ma'lum qilgan.

Ular bergan ma'lumotga ko‘ra, Sibuya tumanidagi yirik zargarlik do‘koniga uch nafar oq niqob kiyib olgan jinoyatchi bostirib kiradi. Ular qo‘riqchini urishib, shisha rastalarni bolg‘a bilan sindirishadi va 40 ta zargarlik buyumi, jumladan, uzuk va taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketishadi. Dastlabki baholash natijasiga ko‘ra, do‘kondan 75 mln iyen (600 ming dollar) atrofidagi zargarlik buyumlari talon-taroj qilingan.

Ayni damda politsiya videokameralar yozuvini o‘rganmoqda va jinoyatchilarni butun poyaxt bo‘ylab qidirmoqda.

Top