09:50 / 21.11.2015
2632

Yaponiya qirg‘oqlaridan halokatga uchragan ikki qayiq va halok bo‘lgan sakkiz kishi topildi

Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati Yapon dengizining Isikava markaziy prefekturasiga yaqin joyda ag‘darilib yotgan, xorijliklarga tegishli deb taxmin qilinayotgan ikki qayiq topib olishdi. NHK telekanali bergan xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar suvdan sakkiz kishining jasadini olib chiqishgan.

Birinchi qayiq Vadzima port shahridan uch kilometr uzoqlikdan, ikkinchi qayiq esa 10 kilometr uzoqlikdan topilgan. Halokat joyini borib o‘rgangan yapon qutqaruvchilari u yerdan halok bo‘lgan sakkiz kishining jasadini topishgan. Ular shuningdek, voqea joyidan koreys iyerogliflari tushirilgan yana bir bo‘sh qayiq topishgan. Barcha qayiqlar yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, uzunligi 10 metr atrofida edi.

Ayni damda Yaponiya sohil qo‘riqlov xizmati halok bo‘lganlarning shaxsini va ag‘darilgan qayiqlarning kimga tegishli bo‘lganini aniqlamoqda. Ma'lum qilishlaricha, halokat bir necha kun oldin sodir bo‘lgan bo‘lishim mumkin.

Top