16:40 / 22.11.2015
4431

Aguero APLda yana bir rekord o‘rnatdi

"Manchester Siti" jamoasining argentinalik hujumchisi Serxio Agueroning "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (1:4) urgan goli chiroyli chiqishi bilan birgalikda uning Angliya premer-ligasida urgan 85-goliga aylandi. Bu orqali u APLda eng ko‘p golga mualliflik qilgan janubiy amerikalik futbolchiga aylandi.

Shu tariqa u o‘z vatandoshi, "Manchester Siti"ning sobiq a'zosi Karlos Teves tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Teves "Vest Hem", "MYu" va "Manchester Siti" safida o‘tkazilgan mavsumlarda jami 84ta gol urgandi.

Qayd etish kerakki, APLda ko‘p gol urish bo‘yicha yetakchilar uchligida urugvaylik Luis Suares (u "Liverpul"dagi 2 mavsumda 69ta golga mualliflik qilgan) joy olgan. Keyingi o‘rinda esa yana bir urugvaylik, "Chelsi"ning o‘tgan asrdagi hujumchisi Gustavo Poyyet (54ta gol) o‘rin olgan.

Top