19:50 / 22.11.2015
3592

As: Agent Beylni yozgi transferlar vaqtida "MYu"ga o‘tishini tashkillashtirmoqchi bo‘lgan

"Real" yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett yozda o‘z mijozini "Manchester Yunayted"ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilib ko‘rgan.

"Agar transfer amalga oshganida uelslik futbolchining agenti 20 million yevro miqdorida mukofot olgan bo‘lardi. "Real" Beylni sotishni istamadi. Chunki, futbolchi yangi bosh murabbiy Rafael Benites qo‘lostida muvaffaqiyatli o‘ynashiga umid qilishgandi. "Real" prezidenti Florentino Peres Beyl hujumchi Krishtianu Ronalduning rekordlarini yangilashiga hamon ishonadi", deyiladi xabarda.

Barnett 2016 yilning yozida Beylni boshqa jamoaga o‘tishga ko‘ndirishga urinib ko‘rmoqchi.

Bundan tashqari, Beylning o‘z jamoadoshlari bilan munosabati unchalik yaxshi emasligi aytilgan.

U jamoa a'zolari bilan do‘stlashib keta olmagan, turli uchrashuvlarda qatnashmaydi.
Joriy mavsumda Beyl "Real" safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golli pas muallifiga aylangan.

Top