10:23 / 22.11.2015
3402

Benites: “Real”ni qo‘limdan kelgancha yaxshi boshqarishga intilmoqdaman

Madridning “Real” klubining bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida “Barselona”dan uyida 0:4 hisobida yengilganiga munosabat bildirdi.
“Real”ni qo‘limdan kelgancha yaxshi boshqarishga intilmoqdaman, - dedi u. – Har birimizda javobgarlik bor, jamoa yechimni topib, muxlislarni quvontirishda davom etishi lozim. Ikkinchi taym boshida biz oldinga bordik va vaziyatlar yaratdik...”.
Murabbiy jamoaga taalluqli barchani birdam bo‘lishga chaqirdi.
“Real” xatolar qildi va buning to‘lovini o‘tadi, negaki “Barselona” – kuchli jamoa. Hozir meni bir narsa bezovta qilmoqda – jamoaning keyingi o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lishi”, - uning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Top